Xususiy notariuslar javobgarligini majburiy sug‘urtalash ↗
Majburiy Onlayn rasmiylashtirish ↗ |
Ushbu sug‘urta turi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar natijasida zarar ko‘rgan shaxslarning mulkiy manfaatlarini sug‘urta to‘lovlari orqali himoya qiladi. Sug‘urta summasi: Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida faoliyat yurituvchi notariuslar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1000 baravari. Boshqa aholi punktlarida faoliyat yurituvchi notariuslar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining kamida 500 baravari. Sug‘urta mukofoti: Tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi, ammo sug‘urta summasining 1% idan kam bo‘lishi mumkin emas. Notarial harakatlar natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash imkoniyati Jabrlangan jismoniy va yuridik shaxslarga sug‘urta to‘lovlarining kafolatlangan amalga oshirilishi Notarial xizmatlar foydalanuvchilarining huquqiy va moliyaviy manfaatlarini himoya qilish Notarial faoliyatda huquqiy ishonch va xavfsizlikni oshirish |
Sug‘urta mukofoti: tomonlar kelishuviga ko‘ra belgilanadi, ammo sug‘urta summasining 1% idan kam bo‘lishi mumkin emas |
|
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash (OSGOR) ↗
Majburiy |
Sug‘urtaning ushbu turi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qaroriga muvofiq majburiy bo‘lib, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasi amal qilish davrida xodim mehnat vazifalarini bajarishi chog‘ida jarohat olgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqa shikast yetgan taqdirda uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq moliyaviy himoyani ta‘minlaydi. Xodimlarning huquqiy va moliyaviy himoyasini ta‘minlash; ish beruvchining moliyaviy barqarorligini saqlash; mehnat munosabatlari xavfsizligi kafolati |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash (OSGOP) ↗
Majburiy |
Ushbu sug‘urta turi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qaroriga muvofiq majburiy hisoblanadi va yo‘lovchilarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha tashuvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishni nazarda tutadi. Yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qoplamasi bilan himoya qilish; Tashuvchining moliyaviy barqarorligini ta‘minlash; Baxtsiz hodisalarning moliyaviy oqibatlarini kamaytirish |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini majburiy sug‘urtalash ↗
Majburiy |
Ushbu sug‘urta turi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga muvofiq majburiy bo‘lib, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning avariya yuz berganda uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni nazarda tutadi. Xavfli ishlab chiqarish ob‘ektlaridagi avariyalardan moliyaviy himoya; Tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta himoyasi; Atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Gidrotexnik inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash ↗
|
Ushbu sug‘urta turi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 457-sonli qaroriga muvofiq majburiydir va gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mulkiga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni nazarda tutadi. Gidrotexnik inshootlardagi favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan moliyaviy himoya; Tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta himoyasi; Atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Umumiy fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash ↗
|
Ushbu sug‘urta turi tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat jarayonida uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy zararlarni qoplashga qaratilgan. Sug‘urta qoplamasi sug‘urta qildiruvchining qonuniy majburiyatlari doirasida zararni qoplashni ta‘minlaydi. Biznesdagi kutilmagan moliyaviy yo‘qotishlardan himoya; Uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun huquqiy javobgarlikni kamaytirish; Sug‘urtalangan shaxsning ishonchi va obro‘sini saqlash |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Auditorlarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash ↗
|
Ushbu sug‘urta turi auditorlar o‘z kasbiy vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘ygan xatolar yoki qoidabuzarliklar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy zararlarni qoplashga qaratilgan. Sug‘urta qoplamasi xavflarni minimallashtirishga yordam beradi va auditorning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi. Audit faoliyati jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy xatarlardan himoya; Uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni kamaytirish; Auditorning kasbiy obro‘sini saqlash va mijozlar ishonchini oshirish |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Advokatlarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash ↗
|
Ushbu sug‘urta turi advokat kasbiy faoliyati jarayonida o‘z mijozlariga yoki uchinchi shaxslarga yetkazishi mumkin bo‘lgan moliyaviy zararlarni qoplashga qaratilgan. Advokat mijozga zarar yetkazgan xato yoki qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan taqdirda, sug‘urta kompaniyasi ushbu zararni belgilangan tartibda qoplaydi. Advokat faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy risklardan himoya; Mijozlar yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash; Advokat obro‘sini qo‘llab-quvvatlash va ishonchni oshirish |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini sug‘urtalash ↗
|
Ushbu sug‘urta turi tibbiyot xodimlari kasbiy faoliyati davomida xato yoki beparvolik tufayli bemorlarga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararni qoplashga qaratilgan. Agar shifokor yoki tibbiyot mutaxassisi noto‘g‘ri tashxis qo‘ysa, davolash yoki operatsiya paytida xatoga yo‘l qo‘ysa, sug‘urta kompaniyasi yetkazilgan zararni qoplaydi. Tibbiyot xodimlarini kasbiy xatarlardan himoya qilish; Bemorlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash; Tibbiyot mutaxassislarining huquqiy va moliyaviy manfaatlarini himoya qilish |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Buxgalterlar javobgarligini sug‘urtalash ↗
|
Ushbu sug‘urta turi buxgalterlarning kasbiy faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xatolari natijasida mijozlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga qaratilgan. Agar buxgalter hisob-kitoblarda, soliq yoki moliyaviy hisobotda xatoga yo‘l qo‘ysa va bu mijozga moddiy zarar yetkazsa, sug‘urta zararlarni qoplashga yordam beradi. Buxgalterlarning kasbiy xatolari sabab yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotishlardan himoya; Javobgarlikni sug‘urtalash orqali mijozlar va hamkorlar ishonchini oshirish; Sud xarajatlarini va kompensatsiya to‘lovlarini qoplash |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Baholovchilar javobgarligini sug‘urtalash ↗
|
Ushbu sug‘urta turi baholovchilar kasbiy vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘ygan xatolar yoki beparvolik natijasida mijozlarga yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashga qaratilgan. Agar baholovchi baholashda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa va bu mijozning moliyaviy yo‘qotishlariga olib kelgan bo‘lsa, sug‘urta zararni qoplashga yordam beradi. Baholashni o‘tkazishdagi xatolar sabab bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlardan himoya; Mijozlar va hamkorlar ishonchini oshirish; Sud xarajatlari va kompensatsiya to‘lovlarini qoplash |
Kompaniya saytida hisoblanadi |
|
Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash ↗
|
Ushbu sug‘urta turi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar natijasida zarar ko‘rgan shaxslarning mulkiy manfaatlarini sug‘urta to‘lovlari orqali himoya qiladi. Sug‘urta summasi: Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida faoliyat yurituvchi notariuslar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1000 baravari. Boshqa aholi punktlarida faoliyat yurituvchi notariuslar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining kamida 500 baravari. Sug‘urta mukofoti: Tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi, ammo sug‘urta summasining 1% idan kam bo‘lishi mumkin emas. Notarial harakatlar natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash imkoniyati Jabrlangan jismoniy va yuridik shaxslarga sug‘urta to‘lovlarining kafolatlangan amalga oshirilishi Notarial xizmatlar foydalanuvchilarining huquqiy va moliyaviy manfaatlarini himoya qilish Notarial faoliyatda huquqiy ishonch va xavfsizlikni oshirish |
Sug‘urta mukofoti: tomonlar kelishuviga ko‘ra belgilanadi, ammo sug‘urta summasining 1% idan kam bo‘lishi mumkin emas |