UzObmen.com

O'ZBEKINVEST HAYOT SUG'URTA KOMPANIYASI

Ma’lumotlar 23.10.2026 sanasida yig‘ilganBatafsil

O'ZBEKINVEST HAYOT SUG'URTA KOMPANIYASI — sug‘urta kompaniyasi, STIR 204756174. Sahifada: aloqa ma’lumotlari, ofislar ro‘yxati va kompaniya saytidagi sug‘urta mahsulotlari.

Ma’lumotlar sug‘urta kompaniyalari saytlaridan olingan va eskirgan bo‘lishi mumkin. Shartlar, tariflar va litsenziyaning amal qilishini sug‘urtachidan aniqlashtiring. Ma’lumot tavsiya yoki shartnoma tuzish taklifi emas.

Kompaniya haqida ma’lumot

STIR204756174
Tashkil topgan22.12.2003
Bosh ofisToshkent shahri, Chilonzor, 1 kvartal, 4
Telefon+998 71 207-47-74
Elektron pochtainfo@uzhayot.uz
Kompaniya saytiuzhayot.uz ↗
Ijtimoiy tarmoqlarFacebook ↗, Instagram ↗, Telegram ↗

Sug‘urta mahsulotlari

Shaxsiy sug‘urta

Mahsulot Tavsif Narx
Hayotni sug‘urtalash ↗ Ixtiyoriy Hayotni sug‘urtalash — bu boquvchining vafoti munosabati bilan oila duch kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qiyinchiliklardan yaqin insonlarimizni himoya qilishni ta‘minlaydigan dasturdir. Sug‘urta qilingan shaxs vafot etgan taqdirda Sug‘urta kompaniyasi naf oluvchilarga (merosxo‘rlarga) sug‘urta summasini to‘laydi, bunday og‘ir va kutilmagan lahzalarda u ayniqsa zarur bo‘ladi.
1. Sug‘urta davri – 2 yildan 20 yilgacha; | 2. Sug‘urta summasi miqdorini sug‘urta qildiruvchi (mijoz) belgilaydi, shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblaydi. Sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta summasiga, sug‘urtalangan shaxsning yoshiga, sug‘urta davriga va badallarni to‘lash tartibiga bog‘liq; | 3. Badallar istalgan qulay usulda to‘lanishi mumkin: bir yo‘la, har yili, yarim yilda bir marta, har chorakda yoki har oyda; | 4. Sug‘urta summasi sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda (sug‘urta hodisasi) sug‘urtalangan shaxs tayinlagan naf oluvchiga yoki sug‘urtalanganning merosxo‘rlariga to‘lanadi; | 5. Sug‘urtalangan shaxslarning yoshi – 18 dan 60 yoshgacha, sug‘urta amal qilish muddati tugagan sanadagi maksimal yosh – 65 yosh.
Kompaniya saytida hisoblanadi
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash ↗ Ixtiyoriy Voqealar va shoshilinch ishlarga boy hayotimizda har xil narsa yuz berishi mumkin. Aynan shunday kutilmagan vaziyatlar uchun biz baxtsiz hodisalardan sug‘urta mahsulotini taklif etamiz. Hatto kichik jarohat ham shifokorga borish, dori-darmon sotib olish xarajatlarini, ba‘zan esa – shikast jiddiyroq bo‘lsa – uzoq muddat kasallik varaqasida bo‘lishni taqozo etadi.
Ushbu polis sug‘urtalangan shaxsning jarohat olishi (yoki sog‘lig‘ining boshqa buzilishi, jumladan, agar sug‘urta shartnomasida shunday shart nazarda tutilgan bo‘lsa, moddiy daromadning vaqtincha kamayishiga olib kelgan holat), sog‘liqning doimiy shikastlanishi (nogironlik) yoki o‘limi holatlarini qoplashni o‘z ichiga oladi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta kompaniyasi jarohatning murakkabligiga qarab sug‘urta summasidan foiz nisbatida sug‘urta to‘lovini amalga oshiradi. Tabiiyki, polis sotib olishda tanlangan sug‘urta summasi qanchalik yuqori bo‘lsa, hatto ahamiyatsiz jarohatlarda ham to‘lovlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi.
Kompaniya saytida hisoblanadi
Sportchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash ↗ Ixtiyoriy Sport – bu faoliyat sohasi bo‘lib, u yoki bu tarzda jarohat olish ehtimolini nazarda tutadi. Sportchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash mahsuloti kasbiy asosda sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning moddiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Sportchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash polisi musobaqalar yoki mashg‘ulotlar (mashq yig‘inlari) o‘tkazilishi davrida sug‘urta himoyasini taqdim etishni nazarda tutadi.
Ushbu polis sug‘urtalangan shaxsning travmatik jarohatlar olishi, sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi yoki vafot etishi holatlarini qamrab oladi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta kompaniyasi jarohatning murakkabligiga qarab sug‘urta summasidan foiz nisbatida sug‘urta to‘lovini amalga oshiradi. Tabiiyki, polis xarid qilishda tanlangan sug‘urta summasi qanchalik yuqori bo‘lsa, hatto uncha jiddiy bo‘lmagan jarohatlarda ham to‘lov miqdori shunchalik katta bo‘ladi.
Kompaniya saytida hisoblanadi
Qarz oluvchi hayotini yakka tartibda sug‘urtalash ↗ Ixtiyoriy Sug‘urta shartnomalari kredit shartnomasi bo‘yicha yakka tartibdagi qarz oluvchi bo‘lgan jismoniy shaxslar bilan tuziladi.
Sug‘urta davri kredit shartnomasining amal qilish muddatiga muvofiq belgilanadi; | Sug‘urtalangan shaxslarning yoshi – 18 — 60 yosh, sug‘urta amal qilish muddati tugagan sanadagi maksimal yosh – 65 yosh. | Sug‘urta summasi miqdori kredit summasiga muvofiq belgilanadi. Sug‘urtalangan shaxs krediti so‘ndirilgan sari Sug‘urta summasi miqdori kamayib boradi va sug‘urtalangan shaxsning asosiy qarz bo‘yicha qarzdorlik summasiga mos keladi. | Sug‘urta mukofoti bir yo‘la yoki har yili to‘lanishi mumkin; | Sug‘urta summasi sug‘urtalangan shaxs baxtsiz hodisa natijasida vafot etganda yoki I guruh nogironligi belgilanganda (sug‘urta hodisasi) kredit muassasasiga to‘lanadi;
Kompaniya saytida hisoblanadi
Ta‘lim ↗ Ixtiyoriy Sug‘urtaning ushbu turi kutilmagan holatlar yuz berishidan qat‘i nazar, farzandingiz (yoki o‘zingiz) o‘quv yurtiga qabul qilinadigan paytda moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlanish masalasini hal qilishga yordam beradi. Sug‘urta muddati davomida ishonchli sug‘urta himoyasi ta‘minlanadi va oila boquvchisini (Sug‘urta qildiruvchini) yo‘qotgan taqdirda ham farzand o‘quv yurtiga qabul qilinadigan paytda kelishilgan summani oladi va zarur mablag‘lar bilan ta‘minlanadi.
Sug‘urta davri – 13 oydan 20 yilgacha; | Sug‘urta summasi miqdorini Sug‘urta qildiruvchi (mijoz) belgilaydi, shundan so‘ng Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblab chiqadi. Sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta summasiga, Sug‘urtalanuvchi shaxsning yoshiga, sug‘urta davriga va badallarni to‘lash tartibiga bog‘liq. | Badallar istalgan qulay usulda to‘lanishi mumkin: bir yo‘la, har yili, yarim yilda bir marta, har chorakda yoki har oyda; | Sug‘urta summasi quyidagi hollarda (sug‘urta hodisalari) to‘lanadi: | — bola o‘quv yurtiga (oliy o‘quv yurti, kasb-hunar kolleji, akademik litsey, maktab) o‘qishga kirganda; | — bola Sug‘urta polisida belgilangan yoshga yetganda (agar bola belgilangan muddatda o‘qishga kira olmagan bo‘lsa). | Yuqorida ko‘rsatilgan hollarda sug‘urta summasi miqdori to‘langan barcha badallar yig‘indisiga Kompaniyadan qo‘shimcha bonus qo‘shilganiga teng. | Ota-onaning qo‘shimcha qoplamasi: | Agar sug‘urta davrida Ota-ona vafot etsa va belgilangan barcha badallarni to‘lay olmasa, Sug‘urta kompaniyasi baribir Ota-ona to‘lashi lozim bo‘lgan butun summani (bonussiz) to‘laydi. | Ota-onalarning yoshi – 18 — 60 yosh, sug‘urta muddati tugagan sanadagi maksimal yosh – 65 yosh.
Kompaniya saytida hisoblanadi
Nikoh ↗ Ixtiyoriy Ushbu sug‘urta turi farzandingiz (yoki o‘zingiz) turmush qurish vaqtiga moliyaviy mablag‘ bilan ta‘minlanish masalasini, yuz berishi mumkin bo‘lgan kutilmagan holatlarga qaramay, hal qilishga yordam beradi. Butun sug‘urta muddati davomida ishonchli sug‘urta himoyasi ta‘minlanadi va oila boquvchisini (sug‘urta qildiruvchini) yo‘qotgan taqdirda ham farzand nikoh qurish vaqtiga kelishilgan summani baribir oladi va zarur mablag‘ bilan ta‘minlanadi.
Sug‘urta davri – 13 oydan 20 yilgacha; | Sug‘urta summasi miqdorini Sug‘urta qildiruvchi (mijoz) belgilaydi, shundan so‘ng Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblab chiqadi. Sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta summasiga, Sug‘urtalanuvchi shaxsning yoshiga, sug‘urta davriga va badallarni to‘lash tartibiga bog‘liq. | Badallar istalgan qulay usulda to‘lanishi mumkin: bir yo‘la, har yili, yarim yilda bir marta, har chorakda yoki har oyda; | Sug‘urta summasi quyidagi hollarda (sug‘urta hodisalari) to‘lanadi: | — bolaning turmush qurishi; | — bola Sug‘urta polisida belgilangan yoshga yetganda (agar bola belgilangan muddatda turmush qurgan bo‘lsa). | Yuqorida ko‘rsatilgan hollarda sug‘urta summasi miqdori to‘langan barcha badallar yig‘indisiga Kompaniyadan qo‘shimcha bonus qo‘shilganiga teng. | Qo‘shimcha qoplama: | — Agar sug‘urta davrida Ota-ona vafot etsa yoki I guruh nogironligini olsa va belgilangan barcha badallarni to‘lay olmasa, Sug‘urta kompaniyasi baribir Ota-ona to‘lashi lozim bo‘lgan butun summani (bonussiz) to‘laydi; | — Mijozning xohishiga ko‘ra sug‘urta shartlariga Ota-onaning ham, Bolaning ham baxtsiz hodisalardan qoplamasi kiritilishi mumkin. | Ota-onalarning yoshi – 18 — 60 yosh, sug‘urta muddati tugagan sanadagi maksimal yosh – 65 yosh.
Kompaniya saytida hisoblanadi
Bonus ↗ Ixtiyoriy Bonus to‘lovi bilan uzoq muddatli hayotni sug‘urtalash — uzoq muddatga sug‘urta himoyasini ta‘minlashga qaratilgan yagona dastur. Bonus to‘lovi bilan hayotni sug‘urtalashning asosiy mohiyati — ishonchli sug‘urta himoyasini pul jamg‘armasini shakllantirish imkoniyati va kelajakning moliyaviy barqarorligini ta‘minlash bilan uyg‘unlashtirishdir.
Sug‘urta davri – 13 oydan 20 yilgacha; | Sug‘urta summasi miqdorini sug‘urta qildiruvchi (mijoz) belgilaydi, shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblaydi; Sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta summasiga, sug‘urtalangan shaxsning yoshiga, sug‘urta davriga va badallarni to‘lash tartibiga bog‘liq. | Badallar istalgan qulay usulda to‘lanishi mumkin: bir yo‘la, har yili, yarim yilda bir marta, har chorakda yoki har oyda; | Sug‘urta summasi quyidagi hollarda to‘lanadi (sug‘urta hodisalari): | shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar yashab qolganda; | sug‘urtalangan shaxs vafot etganda; | Sug‘urtalangan shaxslarning yoshi — 18 dan 60 yoshgacha, sug‘urta amal qilish muddati tugagan sanadagi maksimal yosh — 65 yosh.
Kompaniya saytida hisoblanadi
Sarmoya ↗ Ixtiyoriy «Sarmoya» sug‘urta mahsuloti - bu unifikatsiyalangan dastur bo‘lib, uning asosiy mohiyati pul jamg‘armalarini shakllantirish va kelajakdagi moliyaviy barqarorlikni ta‘minlashdir.
Sug‘urta davri – 13 oydan 20 yilgacha; | Sug‘urta summasi miqdorini sug‘urtalangan shaxs (mijoz) belgilaydi, shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblaydi; | Sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta summasiga, sug‘urtalangan shaxsning yoshiga, sug‘urta davriga va badallarni to‘lash tartibiga bog‘liq; | Badallar istalgan qulay usulda to‘lanishi mumkin: bir yo‘la, har yili, yarim yilda bir marta, har chorakda yoki har oyda. | Sug‘urta summasi to‘lanadi: | sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar yashab qolganda. | Sug‘urtalangan shaxslarning yoshi — 18 dan 60 yoshgacha, sug‘urta amal qilish muddati tugagan sanadagi maksimal yosh — 65 yosh.
Kompaniya saytida hisoblanadi
Farovon ↗ Ixtiyoriy «Farovon» sug‘urta mahsuloti – uzoq muddatli davr uchun sug‘urta himoyasini ta‘minlashga qaratilgan unifikatsiyalangan dastur. «Farovon» sug‘urta mahsulotining asosiy mohiyati ishonchli sug‘urta himoyasini pul jamg‘armalarini shakllantirish imkoniyati va kelajakning moliyaviy barqarorligini ta‘minlash bilan uyg‘unlashtirishdan iborat.
Sug‘urta davri – 370 kun; | Sug‘urta summasi miqdorini sug‘urtalangan shaxs (mijoz) belgilaydi, shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblaydi; | Sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta summasiga, sug‘urtalangan shaxsning yoshiga, sug‘urta davriga va badallarni to‘lash tartibiga bog‘liq; | Sug‘urta summasi quyidagi hollarda to‘lanadi: | sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar yashab qolganda; | sug‘urtalangan shaxs sug‘urta davrida har qanday sababga ko‘ra vafot etganda, Sug‘urta qoidalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; | Sug‘urtalangan shaxslarning yoshi — 18 dan 60 yoshgacha, sug‘urta amal qilish muddati tugagan sanadagi maksimal yosh — 65 yosh.
Kompaniya saytida hisoblanadi
Daromad ↗ Ixtiyoriy «Daromad» sug‘urta mahsuloti — jamg‘arma tarkibiy qismiga ega uzoq muddatli sug‘urta dasturi. Ushbu mahsulotni xarid qilib, siz ishonchli sug‘urta himoyasiga va oila byudjetiga yuk tushirmasdan pul fondini jamg‘arish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
1. Sug‘urta davri – 370 kun; | 2. Sug‘urta summasi miqdorini Sug‘urtalangan shaxs (mijoz) belgilaydi, shundan so‘ng Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblab chiqadi; | 3. Sug‘urta mukofoti/Badallar miqdori Sug‘urta summasi miqdori va badallarni to‘lash davriyligidan kelib chiqib belgilanadi; | 4. Sug‘urta mukofoti Sug‘urta qildiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra bir yo‘la yoki davriy ravishda, ya‘ni sug‘urta badallarini har oy kiritish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin: | • Sug‘urta badallari har oy to‘langanda umumiy sug‘urta mukofotiga bonus 4% ni tashkil etadi | • Sug‘urta badallari bir yo‘la to‘langanda umumiy sug‘urta mukofotiga bonus 7% ni tashkil etadi | 5. Sug‘urta summasi to‘lovi quyidagi hollarda amalga oshiriladi: | • Sug‘urtalangan shaxs (Naf oluvchi) shartnoma amal qilish muddati tugaguniga qadar omon qolganda. Bu holda sug‘urta summasi miqdori to‘langan barcha badallar summasiga Sug‘urta kompaniyasining qo‘shimcha bonusini qo‘shganga teng bo‘ladi. | • Vafot etgan taqdirda sug‘urta summasi amalda to‘langan sug‘urta badallari summasining 95% ini tashkil etadi.
Kompaniya saytida hisoblanadi

Tibbiy sug‘urta

Mahsulot Tavsif Narx
Yuqumli kasalliklar holatiga qarshi sug‘urta ↗ Ixtiyoriy Qo‘shimcha to‘lovsiz sifatli tibbiy xizmat olish uchun ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisidan foydalanish juda qulay. Biroq sog‘liqni saqlash sohasini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikning bir qator xususiyatlarini hisobga olganda, yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda davolanish faqat ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida (aholiga bepul xizmat ko‘rsatuvchi) amalga oshirilishi mumkin. Shunga qaramay, yuqumli kasallik nafaqat o‘z vaqtida davolanishni, balki keyingi reabilitatsiyani ham talab qiladi, bu esa davolash muassasasining vakolatiga kirmaydi, ammo muayyan xarajatlar bilan ham bog‘liq.
Ushbu mahsulot doirasida bir qator yuqumli kasalliklarga chalinish holatida himoya taqdim etiladi (ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi bo‘yicha sug‘urta hodisasi hisoblanadigan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va gripp bundan mustasno). Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovi kasallik turiga qarab sug‘urta summasidan foiz nisbatida amalga oshiriladi.
Kompaniya saytida hisoblanadi
Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta ↗ Ixtiyoriy Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi qo‘shimcha xarajatlarsiz sifatli tibbiy xizmat olish imkonini beradi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda ixtisoslashgan assistans xizmatining malakali xodimlari zarur mutaxassisni tanlashga, kerakli diagnostikadan o‘tishga va tegishli davolanishni olishga yordam beradi. Hamkorlarimiz orasida respublikaning butun hududida litsenziyalangan xizmatlar ko‘rsatuvchi yetakchi tibbiyot muassasalari va dorixona tarmoqlari bor.
Dasturlar: ESKULAP - Ambulatoriya-poliklinika xizmati, Uyga shifokor chaqirish; AVITSENNA - Ambulatoriya-poliklinika xizmati, Uyga shifokor chaqirish, Tez va shoshilinch tibbiy yordam; ASKLEPIY - Ambulatoriya-poliklinika xizmati, Tez va shoshilinch tibbiy yordam, Ambulatoriya-poliklinika xizmati davrida dori-darmon bilan ta‘minlash sug‘urta summasining 20% miqdorida; GIPPOKRAT - Ambulatoriya-poliklinika xizmati, Uyga shifokor chaqirish, Statsionar xizmat; GALEN - Ambulatoriya-poliklinika xizmati, Uyga shifokor chaqirish, Tez va shoshilinch tibbiy yordam, Statsionar xizmat; PANATSEYA - Ambulatoriya-poliklinika xizmati, Uyga shifokor chaqirish, Tez va shoshilinch tibbiy yordam, Statsionar xizmat, Ambulatoriya-poliklinika xizmati davrida dori-darmon bilan ta‘minlash, Shoshilinch stomatologik yordam. Mijozning xohishiga ko‘ra u yoki bu dasturga qo‘shimcha variantlar (jumladan emlash, profilaktik ko‘rik va boshqalar) kiritilishi mumkin. Oilaviy va jamoaviy sug‘urtalashda kamaytiruvchi koeffitsiyentlar nazarda tutiladi.
Kompaniya saytida hisoblanadi

Sayohat sug‘urtasi

Mahsulot Tavsif Narx
Sayohat qiluvchilarni sug‘urtalash ↗ Ixtiyoriy Ushbu sug‘urta mahsuloti tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha qoplama va kompensatsiya to‘lovlarining uyg‘unlashuvidir.
Chet elga chiquvchi shaxslarni sug‘urtalash polisi bo‘yicha nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda assistans xizmati zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishini (ambulator, statsionar yoki stomatologik davolash, dori-darmonlar sotib olish) yoxud qoplamaga kiritilgan boshqa xizmatlar (tashish, repatriatsiya) ko‘rsatilishini tashkil etadi. Shuningdek, turli fors-major holatlari yuzaga kelishini hisobga olgan holda (assistans kompaniyasining call-markaziga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmasligi, sug‘urtalangan shaxs turgan joyda hamkor tibbiyot muassasalarining yo‘qligi va h.k.) sug‘urtalangan shaxs sarflagan xarajatlar O‘zbekistonga qaytganidan keyin qoplanadi. Bundan tashqari, baxtsiz hodisa yuz berganda ham O‘zbekistonga qaytgandan keyin sug‘urta kompaniyasi tomonidan olingan jarohatga qarab sug‘urta to‘lovi amalga oshiriladi.
Sug‘urtaning bir kunlik o‘rtacha narxi — $0,45 dan $3,9 gacha (polis narxi dastur, davlat, muddat, safar maqsadi, sug‘urtalanganlarning yoshi va soniga bog‘liq; to‘lov so‘mda, xarid kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha)
O‘zbekistonga kiruvchi shaxslarni sug‘urtalash ↗ Ixtiyoriy Ushbu sug‘urta mahsuloti kimga kerak? Xorijiy mutaxassislarni yollaydigan ish beruvchilarga, to‘langan yo‘llanmalar va turlar bo‘yicha guruhlar hamda yakka tartibdagi sayohatchilarni qabul qiladigan turistik agentliklarga, shuningdek qarindoshlari, do‘stlari va mehmonlarini taklif qiladigan jismoniy shaxslarga.
O‘zbekiston hududiga kiruvchi shaxslarni sug‘urtalash polisi bo‘yicha ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda assistans xizmati zarur tibbiy yordam olishni tashkil etadi — ambulatoriya-poliklinika, statsionar davolash, tez yordam brigadasini yoki shifokorni uyga chaqirish.
Sug‘urtaning bir kunlik o‘rtacha narxi - $0,60 dan $12,0 gacha (narx dasturga, yashash muddatiga va yoshga bog‘liq; to‘lov so‘mda, xarid kuniga O‘zR MB kursi bo‘yicha)
VISA-karta egalarini sug‘urtalash ↗ Ixtiyoriy Sug‘urta himoyasi Visa kartalari egalariga xorijiy mamlakatlarga sayohat vaqtida taqdim etiladi (rasmiy ishga joylashish va professional sport bilan shug‘ullanish maqsadidagi safarlar bundan mustasno). Sug‘urta polisi safar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, Sug‘urta dasturida ko‘rsatilgan asosiy xavflarni qoplashni o‘z ichiga oladi. Kompaniya saytida hisoblanadi

Javobgarlik sug‘urtasi

Mahsulot Tavsif Narx
Hayot sug‘urtasi sohasida majburiy sug‘urta (annuitet shartnomalari) ↗ Majburiy «SK O'zbekinvest Hayot» AJ 2026-yil 27.02 sanasida NAPP RUz tomonidan berilgan №1408682 Litsenziya olinishi asosida hayot sug‘urtasi tarmog‘ida majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha faoliyat qayta tiklanganligi haqida xabar beradi.
Hayot sug‘urtasi sohasidagi majburiy sug‘urta - bu «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonunni amalga oshirish doirasida annuitet shartnomalarini tuzishdir. Annuitet shartnomasi jabrlangan sug‘urtalangan shaxslarga yoki ularning qaramog‘idagi shaxslarga mehnat qobiliyatini turg‘un yo‘qotish yoki vafot etish holatida kompensatsiya tarzidagi sug‘urta to‘lovlarini olishni ta‘minlaydi. Aynan ushbu qonunning yuqori ijtimoiy ahamiyatini hisobga olib, u mulkchilik shaklidan qat‘i nazar, barcha ish beruvchilarni yollanayotgan xodimlarning manfaatlarini himoya qilishni ta‘minlash uchun OSGOR shartnomalarini tuzishga majbur qiladi. Majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi hayot sug‘urtasi kompaniyalari, jumladan AJ «SK O'zbekinvest Hayot», jabrlangan xodimlarning uzoq davr (bir yildan ortiq) davomida amalga oshiriladigan sug‘urta to‘lovlarini olishga oid qonuniy huquqlarini ro‘yobga chiqarishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
Kompaniya saytida hisoblanadi

Biznes uchun sug‘urta

Mahsulot Tavsif Narx
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urta ↗ Ixtiyoriy Davlatning asosiy g‘amxo‘rligi — o‘z fuqarolari uchun farovon hayot yaratishdir. Aynan shu maqsadlarda, boshqa choralar qatori, «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan. Biroq majburiy sug‘urta sug‘urta himoyasini ma’lum chegarada taqdim etishni nazarda tutadi.
Majburiy sug‘urta turlaridan farqli o‘laroq, ixtiyoriy sug‘urta mahsulotlarida aynan mijozni qiziqtiradigan xatarlar va kerakli miqdordagi qoplamani nazarda tutish mumkin. Axir jarohat olish – bu sog‘liqqa zarar yetkazish bo‘lib, u shifokorga borish, dori-darmon sotib olish, shuningdek, ba‘zan ancha uzoq davom etishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasida bo‘lish xarajatlarini keltirib chiqaradi. Baxtsiz hodisalardan sug‘urta polisining mavjudligi tasvirlangan holatlarda sezilarli moliyaviy yordam bo‘ladi. Ushbu polis Sug‘urtalanuvchi shaxsning xizmat vazifalarini bajarish paytida travmatik shikastlanish (yoki sog‘lig‘ining boshqa buzilishi, shu jumladan, agar Sug‘urta shartnomasida bunday shart nazarda tutilgan bo‘lsa, moddiy daromadning vaqtincha kamayishiga olib kelgan holatlar), sog‘liqqa doimiy zarar yetishi (nogironlik) yoki o‘limi holatlarini qoplashni o‘z ichiga oladi. Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda jarohatning murakkabligiga qarab sug‘urta summasidan foiz nisbatida sug‘urta to‘lovini amalga oshiradi. Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urta summasi qancha yuqori belgilansa, hatto yengil jarohatlarda ham to‘lovlar miqdori shuncha katta bo‘ladi.
Kompaniya saytida hisoblanadi

Ofislar va bo‘linmalar

Bosh ofis (1)
Bo‘linmaManzilTelefon
AJ «SK O‘zbekinvest Hayot» Toshkent shahri, Chilonzor, 1 kvartal, 4 +998 71 207 47 74
Filiallar (7)
Bo‘linmaManzilTelefon
Surxondaryo viloyatidagi filial Termiz shahri, 190100, I. Karimov ko‘chasi, 177 uy +998 76 221 87 81
Farg‘ona viloyatidagi filial Farg‘ona shahri, 150100, A.Temur ko‘chasi, 45 +998 73 244 23 10
Jizzax viloyatidagi filial Jizzax shahri, 130100, Sh. Rashidov shoh ko‘chasi, 14 +998 72 226 16 46
Navoiy viloyatidagi filial Navoiy shahri, 210100, A. Temur ko‘chasi, 4A +998 79 223 45 54
Toshkent shahridagi filial Toshkent shahri, 100115, Chilonzor-1 massivi, 4 +998 71 207 47 74
Namangan viloyatidagi filial Namangan shahri, 160136, B. Mashrab ko‘chasi, 3 +998 69 227 06 43
Samarqand viloyatidagi filial Samarqand shahri, 140100, M. Qoshg‘ariy ko‘chasi, 49 +998 66 240 22 78

← Barcha sug‘urta kompaniyalari